Zelenskiy sog‘lig‘i haqidagi gap-so‘zlarga oydinlik kiritdi
Avvalroq uning reanimatsiyada ekani to‘g‘risida xabarlar tarqalgandi.

Prezident Vladimir Zelenskiy o‘zining sog‘lig‘i og‘ir ekanligi haqidagi soxta ma’lumotni rad etdi. Bu haqda “Korrespondent” nashri xabar berdi.
Ukraina rahbarining so‘zlariga ko‘ra, bu kabi soxta axborotlar Rossiya tomonidan uyushtirilgan va xakerlik hujumi natijasida radiostansiyalar orqali tarqatilgan.
Davlat rahbari o‘zini kabinetda har qachongidan ham yaxshi his qilayotganini ta’kidlab o‘tgan.








