O'zbekiston

30 yilga yetarli suv zaxirasini yaratish zarur—Shavkat Mirziyoyev

Prezident ichimlik suvi bo‘yicha loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

30 yilga yetarli suv zaxirasini yaratish zarur—Shavkat Mirziyoyev

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22 iyul kuni Surxondaryo, Namangan va Toshkent viloyatlarida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilashga qaratilgan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.


Ichimlik suvi aholi salomatligi, hayot sifatini ta’minlashda muhim manba. Shu bois bu masalaga alohida e’tibor qaratilib, manzilli loyihalar amalga oshirilmoqda. Xususan, 2017-2022 yillarda 12 trillion so‘m evaziga 25 ming 300 kilometrdan ortiq tarmoqlar, 1 ming 800 dan ziyod suv inshootlari qurilgan va qayta tiklangan. Natijada 6 million 500 ming aholi ilk bor markazlashgan ichimlik suvidan bahramand bo‘lgan, 4 milliondan ziyod insonning suv ta’minoti yaxshilangan. Umuman, bugungi kunda aholining markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi 70 foizni tashkil etmoqda.


2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasida markazlashgan ichimlik suvi qamrovini 87 foizga yetkazish, 155 ta tuman markazlarida oqova suv tizimini yangilash maqsadi belgilangan. Surxondaryo, Namangan va Toshkent viloyatlarida rejalashtirilgan loyihalar shuning bir qismidir.


Davlat rahbari aynan shu hududlarga alohida e’tibor qaratgani bejiz emas. Sababi Chust, Pop, Namangan va Muzrabotda ichimlik suvi ta’minoti 50 foiz bo‘lib, ahvoli qolgan tumanlarga nisbatan og‘ir. Mavjud tarmoqlar ham eskirgan. Suv qattiqligi 1,5 baravar oshgani uchun oshqozon-ichak va urologiya kasalliklari ko‘paygan.


Yangiyo‘l, Angren, Chirchiq, Olmaliq va Bekobod shaharlarida oqova suv qamrovi 60 foizga ham bormaydi. Bu ko‘rsatkich Chust va Chinoz tumanlarida 3 foiz bo‘lsa, Mingbuloqda umuman yo‘q. Oxirgi yillarda ushbu tuman va shaharlarda ko‘plab uy-joylar qurilib, aholi soni yana o‘sgan.


Taqdimotda mutasaddilar mazkur uchta loyiha bo‘yicha axborot berdi. Bu loyihalar Surxondaryoning Muzrabot tumani, Namanganning 4 ta tumani, Toshkent viloyatining 7 ta shahar va tumanida amalga oshiriladi. Ular doirasida 660 kilometr ichimlik va oqova suv tarmog‘i, 4 ta suv olish, 7 ta suv tozalash, 12 ta oqova suv stansiyasi barpo etiladi. Jami 1 million 200 ming nafar aholi ehtiyojini qamrab oladi. Jumladan, 590 ming nafar aholi ilk bora ichimlik va oqova suv xizmati bilan ta’minlanib, 595 ming nafarining suv sharoiti yaxshilanadi.


Loyihalarning texnik-iqtisodiy jihatlari muhokama qilinar ekan, Prezident “ular uchun suv manbai yetarlimi” deya savol qo‘ydi. Loyihalar doirasida kamida 30 yilga yetarli suv zaxirasini yaratish zarurligini ta’kidladi.


Qurilish tannarxini arzonlashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Jumladan, xaridlarni 80 foiz mahalliylashtirib, 10 foiz iqtisod qilish mumkinligi aytildi.


Yana bir muhim masala – sarflangan mablag‘larning qaytimini ta’minlash. Chunki ko‘p joylarda ichimlik suvi uchun to‘lov tushumi to‘liq emas. Namangan, Surxondaryo va Toshkent viloyatida debitor qarzdorlik 210 milliard so‘mga yetgan.


Shu bois energiya tejamkor uskunalardan foydalanib, suv yetkazib berish xarajatlarini qisqartirish, yo‘qotishlarni kamaytirish vazifasi qo‘yildi. Barcha jarayonlarni raqamlashtirish, mahallabay ishlab, to‘lovni ta’minlash muhimligi qayd etildi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

30 yilga yetarli suv zaxirasini yaratish zarur—Shavkat Mirziyoyev | Zamon.uz