"Xavotiringiz uchun rahmat... Men doimgidek ish bilan bandman!" - Jo Bayden
COVID-19'ga chalingan Baydenning ahvoli haqida ma'lumot berildi.

Koronavirus bilan kasallangan AQShning 79 yoshli prezidenti Jo Bayden o‘zini yaxshi his qilayotganini va faol ishlashda davom etayotganini aytdi. Bu haqda Interfax.ru xabar berdi.
"Men yaxshiman. Xavotiringiz uchun rahmat... Ish bilan bandman!" - deb yozdi Amerika prezidenti o'zining Twitter sahifasida.
Avvalroq Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Pyer Baydenning COVID-19 uchun testi ijobiy chiqqani ammo o‘z qarorgohida o‘z vazifalarini bajarishda davom etayotganini aytdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, AQSh prezidenti kasallikning yengil alomatlarini boshdan kechirmoqda va "Pfizer" tomonidan ishlab chiqilgan koronavirus preparati "Paxlovid" tabletkasini qabul qila boshlagan.
Baydenning shifokori Kevin O'Konnor, o'z navbatida, Amerika prezidentida kasallik alomatlari chorshanba kuni kechqurun burun oqishi, charchoq va quruq yo'tal kabi alomatlar bilan boshlangani aytdi.
Ma'lumot uchun: Bayden COVID-19 vaksinasining to'liq kursini olgan.







