Abduhakimov: Madaniy merosni asrash hukumat faoliyatining ustuvor vazifalaridan biriga aylandi
Samarqandda “O‘zbekiston madaniy merosi – yangi Renessans poydevori” VI Xalqaro Kongressi bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun O‘zbekiston turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov kongress yig‘ilishida chiqish qildi.
Vazir ushbu xalqaro anjumanning Yangi O‘zbekistonda sanʼat, madaniyat va madaniy meros sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarga yana bir misol bo‘lishini qayd etgan.
“O‘zbekiston madaniy merosini saqlash va butun dunyoga targ‘ib qilish mamlakat strategik yo‘nalishlari markaziga chiqdi...Muzeylar, arxeologik tadqiqotlar va yodgorliklarning ahamiyatini oshirishga qaratilgan kompleks dasturlar natijasida ushbu yo‘nalish hukumat kun tartibidagi eng ustuvor masalalardan biriga aylandi”, – dedi Abduhakimov.
Maʼlumot o‘rnida: Kongress ishida 35 davlatdan kelgan 250 sharqshunos-mutaxassislar, 33 mashhur xorij muzeylari direktorlari va 6 xalqaro tashkilot vakillari ishtirok etmoqda. Unda “O‘zbekiston madaniy merosi dunyo to‘plamlari” loyihasining navbatdagi 10 tomlik kitoblari tanishtiruvi bo‘lib o‘tadi.







