AQSHda maymunchechak bolalarda aniqlandi
Shuningdek, amerikalik erkak bir vaqtning o‘zida maymunchechak va koronavirus yuqtirgan.

AQSHda bolalar o‘rtasida maymunchechakning ikkita holati aniqlandi, deya xaba bermoqda “The Washington Post” nashri.
Qayd etilishicha, bemorlardan biri hali 1 yoshga to‘lmagan chaqaloq. Hozirda ularning ahvoli yaxshi. Katta ehtimol bilan bolalar infeksiyani uyda yuqtirgan.
Avvalroq amerikalik erkak bir vaqtning o‘zida COVID-19 va maymunchechakni yuqtirgani xabar qilingan edi.
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgacha 70 dan ortiq mamlakatlarda 14 000 ga yaqin maymunchechak holati qayd etilgan.








