Jahon

Arab davlatlari Yevropa neft bozorida Rossiya o‘rnini egallamoqda

Yetkazib berish hajmi o‘tgan yilga nisbatan ikki barobarga ko‘paygan.

Arab davlatlari Yevropa neft bozorida Rossiya o‘rnini egallamoqda

 

Saudiya Arabistoni va Iroq Yevropaga neft sotishni ko‘paytirmoqda. Bloomberg maʼlumotlariga ko‘ra, bu YEIning Rossiya energetika resurslaridan voz kechishi fonida ro‘y beryapti.

 

Xususan, yanvarga nisbatan yetkazib berish hajmi 90 foizga oshgan. Bu kuniga 2.2 million barrelni tashkil etyapti. Xususan, Saudiya Misrga tankerlar orqali neft olib keladi. U Sumed quvuriga tushiriladi. U Qizil Dengizdagi Ayn-Soxna terminali va O‘rtayer dengizidagi Sidi-Kerir portini o‘zaro bog‘laydi.

 

Bu yerda neft yana tankerlarga ortiladi va Yevropaga jo‘natiladi. Iyun oyining dastlabki uch haftasida shu yo‘l orqali sutkasiga 1 million barrel “qora oltin” eksport qilingan. Bu 2021 yilning shu davriga nisbatan 2 barobarga ko‘p.

 

Iroq esa neftni dengiz orqali yetkazib bermoqda. Fors Ko‘rfazidan Suvaysh kanaliga sutkasiga 1.2 million barrelgacha neft ortilgan tankerlar qatnayapti. Ularning katta qismi Iroq hissasiga to‘g‘ri kelgan.

 

 Avvalroq Rossiya va Eron neft-gaz sohasida 40 milliard dollarlik kelishuvga erishgandi.

custom img

G‘azoda urushdan zarar ko‘rgan bino qulab tushdi: 21 kishi halok bo‘ldi

Binoda boshpanaga muhtoj, ko‘chirilgan oilalar yashayotgan bo‘lgan.

custom img

Makka osmonidagi xavf: Pokiston bosh vaziri keskin munosabat bildirdi

Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif Makkai Mukarramaga yo‘naltirilgani aytilgan dron hujumi urinishini keskin qoraladi.

custom img

907 kilogrammlik bombalar: AQSH Isroilga 2,8 mlrd dollarlik qurol sotmoqchi

Rejalashtirilayotgan paketga qariyb 907 kilogrammlik 40 mingta bomba kiritilishi aytilmoqda.

custom img

Eron urushi AQShga qimmatga tushmoqda: xarajatlar 38 mlrd dollarga yetdi

Urush davom etsa, oyiga yana 3 mlrd dollargacha mablag‘ sarflanishi mumkin.

custom img

Eronga qarshi urush: AQSH Kongressi Eronga qarshi harbiy amaliyotlarni to‘xtatishga chaqirdi

AQSH Vakillar palatasi harbiy amaliyotlarni Kongress roziligisiz davom ettirishni cheklashga chaqiruvchi rezolyutsiyani 220 ovoz bilan maʼqulladi.

custom img

Eron samolyotida kutilmagan nosozlik: g‘ildirak shinasi havoda uzilib ketdi

Samolyot Mashhad aeroportiga favqulodda qo‘ndirildi.

custom img

Eronga qochish: 17 nafar afg‘on tashnalikdan halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida bir oilaning besh nafar a’zosi ham bor.

custom img

Husiylar Saudiya Arabistoniga zarba berdi: Ar-Riyod “qat’iy javob” va’da qildi

Husiylar Saudiya hududiga uyushtirgan raketa va dron hujumlarini Yamandagi Saudiya havo zarbalariga javob sifatida izohladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"