COVID-19 Baydenning ishtahasiga ta’sir ko‘rsatmadi
Oq uy rahbari kasallikdan tez tuzalmoqda.

Koronavirus AQSH prezidenti Jo Baydenning ish qobiliyati va ishtahasiga ta’sir qilmadi, dedi Oq uyning koordinatori Ashish Ja juma kuni bo‘lib o‘tgan brifingda.
Ikki marta emlangan va kuchaytirivchi dozani ham olgan 79 yoshli Baydenda koronavirus payshanba kuni aniqlangandi. Qo‘shma Shtatlar prezidenti o‘zini izolyasiya qilgan va ishlashda davom etmoqda.
Oq uy matbuot kotibiga ko‘ra, karantindagi Bayden kuniga 8 soat ishlashda davom etadi va kechasi 8 soat uxlaydi. Juma kuni boshida Baydenning shifokori ham prezidentning ahvoli yaxshilanayotganini aytdi.








