Pentagon Kiyevga 580 ta dron beradi
AQSH Ukrainaga qo‘shimcha harbiy yordam yetkazilishini e’lon qildi.

Jozef Bayden Ukrainaga qo‘shimcha 175 million dollarlik harbiy yordam berishga qaror qildi. Bu haqda Oq uynipg milliy xavfsizlik kengashi strategik kommunikasiyalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu yordam paketi o‘z ichiga 4 dona HIMARS tizimlari, 36 ming artilleriya snaryadlari va tankka qarshi qurollarni o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga Pentagon Ukrainaga 580 tagacha Phoenix Ghost uchuvchisiz taktik qurilmasini bermoqchi. Bu qo‘shimcha 100 million dollarga tushadi.
Avvalroq AQSH Kiyevga HIMARS tizimlarini yetkazib berishni ko‘paytirishi ma’lum bo‘lgandi.








