To‘qayev Zeleskiy bilan gaplashdi
Avvalroq u “DXR” va “LXR” mustaqilligini tan olmasligini maʼlum qilgandi.

Qosim-Jo‘mart To‘qayev Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Qozog‘iston Respubilikasi prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Muloqot tashabbuskori Ukraina tomoni ekanligi aytilmoqda.
“Qozog‘iston prezidenti Turkiyada BMT vositachiligida Ukraina g‘allasini eksport qilish bo‘yicha uch tomonlama kelishuvni ijobiy baholadi. Davlat rahbari, shuningdek, Ukrainadagi vaziyatni diplomatik hal etilishi bo‘yicha Qozog‘istonning o‘zgarmas pozitsiyasini tasdiqladi”, – deyiladi xabarda.
Avvalroq To‘qayev “DXR” va “LXR” mustaqilligini tan olmasligini maʼlum qilgandi.







