Toshkentda Gazel yonib ketdi
FVV hodisa tafsilotlarini ma’lum qildi.

Bugun, 23-iyul kuni Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida yuk mashinasida yong‘in yuz berdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 19:35 da Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasidagi ko‘prik ustida harakatlanib ketayotgan “Gazel” rusumli yuk avtomobilida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 19:39 da voqea joyiga yetib borgan va yong‘in soat 19:44 da o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.








