Trass: Men isyonchiman
Britaniya bosh vazirligiga nomzod hukumatda katta o‘zgarishlar amalga oshirishini aytdi.

Buyuk Britaniya bosh vazirligi uchun kurashayotgan Elizabet Trass hukumat faoliyatini o‘zgartirishini maʼlum qildi. Bu haqda uDaily Telegraph gazetasiga bergan intervyusida aytgan.
“Men o‘zimni isyonchi sifatida ko‘raman: chunki barchasini o‘zgartirishni istayman”, – degan amaldagi tashqi ishlar vaziri.
Xususan, u uch omil tufayli yangiliklar joriy etish lozimligini taʼkidlagan. Birinchidan, Britaniya iqtisodiyotida o‘n yildan buyon kuchli o‘sish kuzatilmayapti. Ikkinchidan, “postpandemiya davridagi kuchli iqtisodiy shok” holati mavjud. Uchinchidan, Ukraina nizosi o‘zgartirishlarni amalga oshirishga undamoqda.
“Bu mamlakat tarixidagi eng muhim davr. Biz odatdagiday yashaymizmi? Yoki jasorat ko‘rsatib boshqa harakatlarni amalga oshiramizmi? Bizning yuqori o‘sish va ishlab chiqarishga ega davlatga aylanishimiz uchun barchasini boshqacha qilmoqchiman” , – deb qayd etgan nomzod.
7 iyul kuni Boris Jonson birlashgan qirollik bosh vaziri lavozimidan isteʼfoga chiqdi. Shundan keyin mamlakatda hukumat rahbari lavozimi uchun kurash boshlandi. Yakunda sobiq moliya vaziri Rishi Sunak va amaldagi tashqi ishlar vaziri Liz Trass qoldi. Yakuniy natijalar 5 sentyabrda maʼlum bo‘ladi.







