Ukrainalik dengizchilar Britaniyada tayyorgarlikdan o‘tmoqda
Ular yangi turdagi kemalarni boshqarishni o‘rganyapti.

Buyuk Britaniya harbiy floti mutaxassislari ukrainalik dengizchilar bilan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazmoqda. Bu haqda BBC xabar berdi.
O‘quv jarayonlari Shotlandiyada bo‘lib o‘tyapti. Britaniyaliklar ukrainalik hamkasblariga Sandown turidagi mina tashuvchi kemalarini boshqarishni o‘rgatmoqda. 2021 yil sentyabrida London va Kiyev ikki dona shunday kema yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolagandi.
Bundan tashqari, ukrainalik harbiylarga saf tayyorgarligi va texnik taʼmirlash ham o‘rgatilmoqda.
Bundan oldin Angliya janubidagi Solsberi-Pleyn poligonida 400 Ukraina harbiylari tayyorgarlikdan o‘tgani maʼlum bo‘lgandi.
Avvalroq Ukrainalik uchuvchilar AQSHda tayyorgarlikdan o‘tishi to‘g‘risida xabar berilgandi.







