Afg‘oniston muvaqqat hukumati Toshkentga keldi
Delegatsiya 25-26-iyul kunlari poytaxtdagi konferensiyada ishtirok etadi.

Bugun, 24-iyul kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amir Xon Muttakiy boshchiligidagi Afg‘oniston muvaqqat hukumati delegatsiyasi keldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Delegatsiya 25-26-iyul kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan “Afg‘oniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot” xalqaro konferensiyada ishtirok etadi.
Mehmonlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev kutib olgan.








