Andijonda Damas va Matiz avtohalokatga uchradi
Hodisaga haydovchilardan birining yo‘l belgisiga rioya qilmagani sabab bo‘lgan.

Andijon viloyatining Andijon tumanida ikkita avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Hodisa Andijon–Asaka yo‘nalishining Andijon tumani “Ming o‘rik” MFY hududidan o‘tgan qismi yuz bergan. Avtohalokatga Damas avtomobili qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan Matiz rusumli avtomashinani o‘tkazib yubormaganligi sabab bo‘lgan.
YTH oqibatida Damas avtomashinasida bo‘lgan 30 yoshli fuqaro bosh chanoq qismining yopiq sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Tahlillarga ko‘ra, hozirgi kunda Andijon viloyatida ro‘y berayotgan yo‘l-transport hodisalarining har uchtasidan bittasi Damas avtomobillari ishtirokida sodir bo‘lmoqda.








