AQSH Rossiyani “terrorizm homiysi” deb e’lon qilmoqchi
Hozirda ushbu masala qonunchilikka muvofiq ko‘rib chiqilmoqda.

Amerika Qo‘shma Shtatlari Ukrainada amalga oshirilgan harbiy harakatlari tufayli Rossiyani “terrorizm homiysi” deb e’lon qilish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda AQSHning Ukrainadagi elchisi Bridjit Brink ma’lum qildi.
“Hozirda Rossiyani terrorizmga homiylik qiluvchi davlat sifatida belgilash masalasini ko‘rib chiqyapmiz. Bu Amerika qonunlariga muvofiq chuqur tahlil qilishi kerak.. Biz barcha mavjud vositalardan foydalanamiz va Rossiyani qonunchiligimizga muvofiq javobgarlikka tortishda davom etamiz”, — degan diplomat.
Elchining ta’kidlashicha, AQSH o‘z ittifoqchlari bilan birgalikda bundan keyin ham Rossiyaga nisbatan keng ko‘lamda va misli ko‘rilmagan darajada sanksiyalar qo‘llaydi.








