Kuchli yomg‘ir sabab Sochini suv bosdi
Toshqin ko‘chalardagi avtomobillar va daraxtlarni oqizib ketgan.

Kecha, 23 iyul kuni kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sabab Sochi shahrining ayrim hududlarini suv bosdi. Bu haqda “Interfaks” nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, kecha tunda yomg‘ir kuchaygan va Sochining Xostinskiy tumanidagi Bzugu daryosining qirg‘oqlari yorilib ketgan. Markaziy va Xostin tumanlarida kuchli yog‘ingarchilik oqibatidа yo‘llar, unga tutash hududlar va binolarning birinchi qavatlari suv ostida qolgan.
Hodisa joyiga tuman hokimi va qutqaruvchilar yetib kelgan. Shahar rahbari Aleksey Kopaygorodskiy boshchiligida Donskaya ko‘chasida tezkor shtab tuzilgan. Krasnodar o‘lkasi gubernatori suv bosish ehtimoli bo‘lgan joylardan odamlarni evakuasiya qilishga tayyorgarlik ko‘rish va uch kunlik oziq-ovqat bilan ta’minlangan vaqtinchalik joylashtirish markazlarini tashkil etish bo‘yicha topshiriq bergan.








