Namanganda Damas soyga tushib ketdi.
Hodisa vaqtida avtomashinada yo‘lovchilar bo‘lmagan.

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatining Pop tumanida avtomashina soyga tushib ketgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB YHXB axborot xmzmati ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 23 iyul kuni Pop tumani Chodak MFY hududida Damas rusumli avtomashinani yo‘lovchilarsiz boshqarib ketayotgan haydovchi avtomashinani orqaga qaytarib olmoqchi bo‘lgan vaqtida harakat xavfsizligini ta’minlay olmay soyga tushib ketgan. Tez fursatlarda YHXB xodimlari tomonidan haydovchiga yordam ko‘rsatilgan.
Hodisa oqibatida avtomashina texnik shikastlangan. Haydovchiga jiddiy tan-jarohati yetmagan.








