Jahon

AQSH Ukraina donini olib chiqishning muqobil yo‘llarini qidirishda davom etmoqda

Amerika tomoni Moskvaning vaʼdalariga ishonmayapti.

AQSH Ukraina donini olib chiqishning muqobil yo‘llarini qidirishda davom etmoqda

 

Vashington Ukraina g‘allasini olib chiqish bo‘yicha “B reja”ni ishlab chiqmoqda. Bu haqda AQSH xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) rahbari Samanta Pauer maʼlum qildi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Moskvaning Istanbul kelishuvlarida olgan majburiyatlarini bajarishiga ishonmayapti. Diplomat “B reja” o‘z ichiga g‘allani avtomobil va temiryo‘l tarmoqlari, shuningdek, daryo barjalari orqali olib chiqishni nazarda tutishini ochiqlagan.

 

Maʼlumot o‘rnida: 22 iyul kuni Istanbulda Ukraina donini Qora dengiz portlari orqali eksport qilishni nazarda tutuvchi to‘rt tomonlama (Rossiya, Ukraina, Turkiya va BMT) shartnoma imzolandi. Unga ko‘ra, Moskva g‘allaning jahon bozoriga dengiz marshrutlari orqali olib chiqilishiga to‘sqinlik qilmaslik majburiyatini oldi.

 

Ammo shartnoma imzolanganidan bir kun o‘tib Rossiya Odessa portiga raketa zarbalarini berdi. Moskva Ukraina harbiy kemasiga qarata o‘t ochilganini taʼkidlagan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

AQSH Ukraina donini olib chiqishning muqobil yo‘llarini qidirishda davom etmoqda | Zamon.uz