AQSH va Buyuk Britaniya gipertovushli raketaga qarshi qurol yaratmoqchi
Bu bo‘yicha ikki loyiha mavjudligi ochiqlandi.

Britaniyaning Cohort va AQSHning Raytheon Missiles&Defense kompaniyalari gipertovushli qurolga qarshi himoya tizimlarini yaratmoqda. Bu haqda The Telegraph xabar berdi.
Raytheon rahbari Ues Kremerning so‘zlariga ko‘ra, Vashingtonda bu bo‘yicha bitta loyiha mavjud va u boshlang‘ich nuqtada turibdi. Bu tizim bir qancha sunʼiy yo‘ldoshlar yordamida raketalarni kosmosdan kuzatib turishni nazarda tutadi.
Cohort esa tovushdan besh barobar tezroq uchadigan raketaga qarshi qurol ustida ishlamoqda. Kompaniya rahbari Endi Tomas bu qiyin vazifa ekanini aytgan.
Avvalroq AQSH gipertovushli qurol sinovini muvaffaqiyatli o‘tkazgani to‘g‘risida xabar berilgandi.







