Bagam orollarida Amerikaga ketayotgan qayiq ag‘darilib ketdi
Oqibatda, 17 nafar migrant halok bo‘ldi.

Jarohatlanganlar orasida bir bola ham bor. 25 kishi qutqarib olindi.
Bagam rasmiylariga ko‘ra, Gaiti fuqarolari bo‘lgan tezyurar qayiq Mayamiga yo‘l olgan. Fojiaga bo‘ron sabab bo‘lgan. O‘lim tahdidiga qaramay, migrantlar qashshoqlikdan aziyat chekkan Markaziy Amerika va Karib dengizini tark etib, AQSH qirg‘oqlariga yetib borishda davom etmoqda.







