Qozog‘iston Prezidenti Umraga bordi
To'qayev Kaʼbaga kirish imtiyoziga ega bo‘ldi.

24-iyul kuni Islom dinining bosh ziyoratgohi – Makka shahrida Umra (kichik haj) ziyoratini amalga oshirdi.

«Prezident Kaʼbaga kirish imtiyoziga ega bo‘ldi. Uning eshiklari faqat maxsus holatlarda va yuqori sharafli mehmonlar uchun ochiladi. Bu Saudiya Arabistoni rahbariyatining Qozog‘iston Prezidentiga ko‘rsatgan ulkan hurmatini anglatadi», — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, ayni kunlarda Qosim-Jo'mart To'qayev Saudiya Arabistoni Qiroli Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Saudiyada bo‘lib turibdi.







