KXSHT Qirg‘izistonda mashg‘ulotlar o‘tkazadi
Bundan ko‘zlangan maqsad va vazifalar ochiqlandi.

KXSHT 2-5 avgust kunlari Qirg‘izistonga harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida xabar qilindi.
Ushbu mashqlar “Kobalt-2022” deb ataladi. Unga aʼzo-davlatlar maxsus kuchlari jalb qilinadi.
Ular o‘quv-taktik, amaliy-jangovar vazifalarni bajaradi. Asosiy eʼtibor terrorchi guruhlar va narkotik moddalarning olib o‘tilishiga qarshi kurash bo‘yicha tajribalarni oshirishga qaratiladi.
Bundan tashqari, mashg‘ulotlarga favqulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlari ham chaqirilgan. Ular antiterror amaliyoti davrida yuzaga kelgan holatlarning oqibatlariga qarshi kurash bo‘yicha mashq o‘tkazadi.
Avvalroq Yerevanda KXSHTga aʼzo davlatlar tashqi ishlar vazirlari yig‘ilgandi.







