Olmaliqda Neksiya—1 kanalga tushib ketdi
Hodisaga haydovchining boshqaruvni yo‘qotishi sabab bo‘lgan.

Kecha, 25-iyul kuni Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida Neksiya–1 rusumli avtomashina kanalga tushib ketdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati hodisa tafsilotlari bo‘yicha ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, soat 16:45 da Neksiya–1 rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida transport vositasi Olmaliq shahar hududidan oqib o‘tuvchi “Tanachi-Bo‘ka” kanaliga tushib ketganligi haqida shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, zudlik bilan qutqaruvchilar voqea joyiga yetib borgan va Favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimiga kiruvchi tashkilotlar texnikalarini jalb qilgan holda avtomobil kanaldan olib chiqilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.








