Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri lavozimidan ozod qilindi
U joriy yil mart oyida ushbu lavozimga tayinlangandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri Orinbayev Amanbay lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda “O‘zA” axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, A.Orinbayev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining Ekologiya va Orolbo‘yi hududlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, polkovnik Orinbayev Amanbay Tleubayevich joriy yilning mart oyida Qoraqalpog‘istonga Ichki ishlar vaziri etib tayinlanlandi. Unga qadar vazir IIV Jamoat tartibini saqlash xizmati boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.








