O'zbekiston

Tojikistonda Amir Temur haqida to‘rt asr ilgari yozilgan noyob qo‘lyozma borligi maʼlum qilindi

O‘zbekiston madaniy merosini saqlash, o‘rganish va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyatida tojikistonlik olimlar bilan muloqot bo‘lib o‘tdi.

Tojikistonda Amir Temur haqida to‘rt asr ilgari yozilgan noyob qo‘lyozma borligi maʼlum qilindi

 

Maʼlumki, 22-24 iyul kunlari Samarqand shahrida O‘zbekiston madaniy merosini saqlash, o‘rganish va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyatining VI Kongressi o‘tkazildi. Unda dunyoning mamlakatidan 350 nafardan ortiq olimlar, mutaxassislar, OAV vakillari ishtirok etdi. Xususan Tojikiston Respublikasidan bir qator olimlar va jurnalistlar taklif etildi.

 

Butunjahon jamiyati boshqaruvi raisi Firdavs Abduxoliqov qo‘shni mamlakatdan tashrif buyurgan olimlar bilan muloqot qildi. Tojikistonlik olimlarning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatning muzeylari, kutubxonalari, oliy taʼlim muassasalarida O‘zbekiston bilan bog‘liq juda ko‘plab muhim moddiy va maʼnaviy manbalar mavjud.

 

Ikki qardosh xalq asrlar davomida bitta mintaqada, yonma-yon, ahil-inoq hayot kechirib kelishgan. Shu bois, ularning madaniyati, hayot tarzi, urf-odatlaridagi farqlar deyarli ko‘zga tashlanmaydi. Juda ko‘p madaniy meros namunalar hatto xalqaro miqyosda xalqlarimizning mushtarak merosi sifatida eʼtirof etilgan. Xususan, Navro‘z bayrami, Shashmaqom, palov singari qadriyatlarimiz o‘zbek va tojik xalqlarining  nomoddiy madaniy merosi sifatida YUNESKO ro‘yxatiga kiritilgan.  

 

Ayni paytda tojikistonlik taniqli olim, filologiya fanlari doktori. Fanlar akademiyasining Indira Gandi nomidagi kutubxonasi direktori Shodimuhammad So‘fizoda “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidan Tojikistonda saqlanayotgan O‘zbekistonga oid qo‘lyozmalar ustida ish olib bormoqda.

 

“Tojikiston fondlarida  turkiy tildagi kitoblar bilan birga Samarqand. Buxoro, Qo‘qon, Xiva, Toshkent shaharlarida ko‘chirilgan, fors-tojik tilidagi minglab qo‘lyozmalar saqlanadi, - deydi Shodimuhammad So‘fizoda. – Bu asarlar  har ikki xalqning bebaho xazinasi sanaladi. Ularning aksariyati hali yetarlicha o‘rganilmagan. Mazkur loyiha ana shu ulkan boylikni o‘rganish va targ‘ib qilishda katta ahamiyat kasb etadi”.

 

Tojikiston Milliy kutubxonasi direktori Jumaxon Xol Fayzalizodaning so‘zlariga ko‘ra, u faoliyat olib boradigan kutubxonada eski o‘zbek tilida yozilgan o‘ndan ortiq qo‘lyozmalar bor. Jumladan, Hazrat Navoiyning hayotlik paytida ko‘chirilgan devonlari, So‘fi Olloyorning “Sabotul-ojizin”, Xiromiyning “Bahrom va Gulandom” manzumalari, Sultonxon Ado devonining nodir nusxalari saqlanmoqda. U Ushbu nodir asarlarni tadqiq etishda Butunjahon jamiyati olimlari bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirgan.

 

Tojik olimlari bilan muzokaralar asnosida Dushanbeda Sohibqiron Amir Temur haqida eski o‘zbek tilida bundan to‘rt asr  avval bitilgan nodir qo‘lyozma ham borligi maʼlum qilindi. Kelgusida ana shunday asarlarning faksimil nusxalarini chop etish, bugungi alifboda nashr qilish yuzasidan ham fikr almashildi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.