O'zbekiston

Toshkentda mushuk jasadlari ariqqa tashlab ketilgani aytildi

Shuningdek, Nukusda it va mushuklarning o‘ligi noqonuniy ravishda ko‘milgani aniqlandi.

Toshkentda mushuk jasadlari ariqqa tashlab ketilgani aytildi

 

Kecha, 25-iyul kuni ijtimoiy tarmoqda Toshkent shahri Yangihayot tumanida ariqqa mushuk o‘liklari tashlanganligi bo‘yicha material e’lon qilingandi. Holat yuzasidan tuman hokimligi rasmiy munosabat bildirdi. 

 

Ma’lum qilinishicha, aslida u qoldiqlar qo‘ylarning qoldiqlari bo‘lib, mahalla fuqarolari tomonidan so‘yilib, ariqqa oqizib yuborilgan.

 

Mazkur holatdan xabar topilgach, tuman obodonlashtirish bo‘limi xodimlari tomonidan ariq tozalanib, fuqarolarga bunday holatni takrorlamaslik bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilgan.

 

“Bunday holatlarning kelib chiqishi ekologiya va inson salomatligiga zarar ekanligini inobatga olib, fuqarolarimizdan atrof-muhit tozaligiga bee’tibor bo‘lmasliklarini so‘rab qolamiz”, — deyiladi xabarda. 

 

Shuningdek, joriy yilning 20-iyul kuni “Daryo” internet nashrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahri yaqinidagi poligonda 100 dan ortiq it va mushuklarning jasadi topilgani xabar qilingandi. 

 

Mazkur holat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining inspektorlari tomonidan joyiga chiqib o‘rganilgan va Nukus shahri yaqinida joylashgan maishiy chiqindilar poligonida hech qanday it va mushuklarning jasadi yo‘qligi ma’lum bo‘lgan.

 

Ta’kidlanishicha, it va mushuklarning jasadlari Nukus shahar obodonlashtirish boshqarmasi mas’ul shaxslari tomonidan A-380 “Nukus–To‘rtko‘l” avtomagistral yo‘lining o‘ng tomonida, aholi yashash punktidan taxminan 12-15 km. uzoqlikdagi belgilanmagan joyga noqonuniy ravishda ko‘mib tashlanganligi aniqlangan.

 

“Ushbu holat bo‘yicha qonunga xilof ravishda ish tutgan mas’ul shaxslardan tushuntirish xatlari olindi, zarur hujjatlar rasmiylashtirilib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasiga taqdim etildi”, — deyiladi xabarda.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda mushuk jasadlari ariqqa tashlab ketilgani aytildi | Zamon.uz