O'zbekiston

Dalalarda g‘o‘zaning tepasida hosil deyarli yo‘q—Paxtachilik kengashi

Prezident mazkur sohadagi dolzarb vazifalar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

Dalalarda g‘o‘zaning tepasida hosil deyarli yo‘q—Paxtachilik kengashi

 

 

Bugun, 27-iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev paxtachilikdagi dolzarb vazifalar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

 

Ma’lumki, bu soha qishloq xo‘jaligi va aholi bandligida alohida o‘rin tutadi. Shu bois Prezident tashabbusi bilan paxta yetishtirishda klaster tizimi joriy etildi. Ushbu tizim natijasida 350 ga yaqin yirik fabrika ishga tushirildi. Besh yil avval O‘zbekistonda yetishtirilgan paxta tolasining atigi 40 foizi qayta ishlangan bo‘lsa, bugungi kunda 100 foiz mamlakatning o‘zida qayta ishlanmoqda.

 

So‘nggi yillardagi iqlim o‘zgarishlari paxtachilik oldiga yangi vazifalar qo‘ymoqda. Xususan, bu yilgiday anomal issiq ilgari hech qachon bo‘lmagan. O‘n kundan beri O‘zbekistonda kunduzgi harorat 43 gradusdan yuqori bo‘lmoqda. Kechki payt ham kam emas.

 

Bu paxtachilik uchun favqulodda vaziyat. Lekin barcha imkoniyatlarni safarbar qilib, hosilni saqlab qolish zarur. Buning uchun urug‘chilik, nav tanlash, o‘g‘itlash, sug‘orish va zararkunandalarga qarshi kurashishni ilmiy yondashuvlar asosida yo‘lga qo‘yish kerak.

 

Shu ma’noda, davlat rahbarining “Paxta hosildorligini oshirish, paxta yetishtirishda ilm va innovasiyalarni joriy qilishning qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, Paxtachilik kengashi tuzilgani ayni muddao bo‘ldi.

 

Yig‘ilishda innovasion rivojlanish vaziri, Paxtachilik kengashi raisi I. Abdurahmonov kengash tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida hisobot berdi.

 

Unda aytilishicha, Kengash a’zolari olim va mutaxassislar bilan birga Quyi Chirchiq, Sayxunobod, Navbahor, Narpay, Vobkent va Qorako‘l tumanlariga borib, haqiqiy ahvolni o‘rgangan. Jumladan, urug‘lik paxta ekilgan maydonlarda ko‘chat tig‘izligi me’yorga nisbatan 35-40 foizga oshirib yuborilgani aniqlangan. Ayrim dalalarda g‘o‘zaning tepasida hosil deyarli yo‘q, pastida esa 2-3 ta ko‘sak bor, xolos. Zararli hasharot va kasallik turlari ham ko‘paygan.

 

Yig‘ilishda bunday holatda g‘o‘zani parvarishlash va hosildorlikni ta’minlash bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar aytib o‘tildi. Ularni barcha hududlarda amalga oshirish bo‘yicha “dolzarb 30 kunlik” e’lon qilindi.


Klaster va fermerlarning dalasiga borib, ilmiy yondashuv va yangiliklarni tushuntirish zarurligi ta’kidlandi.

 

“Iqlim o‘zgarishi kelgusida ham salbiy ta’sir ko‘rsatishini hisobga olib, ish tutishimiz kerak. Bu masalaga ilmiy yondashish shart”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Viloyat hokimlari ushbu dolzarb kunlarda qilinadigan ishlar bo‘yicha axborot berdi.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Dalalarda g‘o‘zaning tepasida hosil deyarli yo‘q—Paxtachilik kengashi | Zamon.uz