Prezident maktablari Xalqaro Kembrij imtihonlarini o‘tkazuvchi rasmiy markaz sifatida tan olindi
Bu to‘g‘risida maʼlumot berildi.

Prezident taʼlim muassasalari agentligiga xorijiy OTMlarga o‘qishga kirish uchun talab etiladigan A-level imtihonlarini o‘tkazish huquqi berildi. Bu haqda Prezident taʼlim muassasalari agentligi axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova maʼlum qildi.
2022 yilning 6 oyi yakunlari bo‘yicha Prezident taʼlim muassasalari agentligi tomonidan bir qator loyihalar amalga oshirildi. Jumladan, agentlik tizimidagi 14 ta Prezident maktabi Xalqaro Kembrij imtihonlarini o‘tkazuvchi rasmiy markaz sifatida tan olindi. Maʼlumot uchun, A-level Cambridge Assessment International Education tashkiloti tomonidan taqdim etiladigan sertifikatlar xalqaro oliy standart sertifikati hisoblanadi.
Joriy yilning may-iyun oylarida A-level imtihonlari Nukus, Xiva, Namangan va Toshkent shaharlaridagi Prezident maktablarida bo‘lib o‘tdi. 2022/2023-o‘quv yilidan eʼtiboran esa Respublikamiz hududidagi barcha Prezident maktablari mazkur imtihonlarni tashkil qilish rejalashtirilgan.
A- level imtihonlari butun dunyodagi 1700dan ortiq universitetlar tomonidan tan olingan.







