Putin va Erdo‘g‘on Rossiyada muzokara o‘tkazadi
Muzokaralar mintaqaviy muammolar va ikki tomonlama munosabatlar mavzusida bo‘lishi aytilmoqda.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning tasdiqlashicha, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va Rossiya prezidenti Vladimir Putin 5-avgust kuni Rossiyaning Sochi shahrida uchrashadi.
Peskov muzokaralar mintaqaviy muammolar va ikki tomonlama munosabatlar mavzusida bo‘lib o‘tishini taxmin qilmoqda.
Erdo‘g‘onning Sochiga qiladigan bir kunlik tashrifi Rossiya—Ukraina urushini muhokama qilish va Ukrainadan don yetkazib berishni qayta tiklash rejasini muhokama qilishga bag'ishlanishi qayd etilmoqda.







