Jahon

Pxenyan Ikkinchi Koreya urushi xavfidan ogohlantirdi

AQSH va Janubiy Koreya harbiy mashg‘ulotlari tanqid ostiga olingan.

Pxenyan Ikkinchi Koreya urushi xavfidan ogohlantirdi

 

KXDR tashqi ishlar vazirligi AQSH va Janubiy Koreyaning qo‘shma mashg‘ulotlarini tanqid qildi. Bu haqda KXDR mahalliy OAV xabar berdi.

 

"Turli bahonalar bilan o‘tkaziladigan harbiy mashg‘ulotlarning qachon Ikkinchi koreys urushiga aylanib ketishini hech kim ayta olmaydi", — deyiladi vazirlik bayonotida.

 

27 iyul kuni 1950-1953 yillarda bo‘lib o‘tgan Koreya urushining yakunlangan sanasi nishonlanadi. Pxenyan yarimorolda xavfsizlik tobora keskinlashib borayotganiga eʼtibor qaratgan. Bundan tashqari, ushbu tahdid Vashington va Seulning avgust oyida bo‘lib o‘tadigan qo‘shma mashg‘ulotlariga ham qaratilgan.

 

Avvalroq KXDRning raketa tizimlari kuchaytirilayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"