Qoraqalpog‘istondagi hodisalar ortida tashqi kuchlar ishtiroki bor — Ombudsman
Maxsus komissiya aʼzolari Nukus markaziy bozorida xalq fikrini o‘rgandi.

Qoraqalpog‘istondagi ommaviy tartibsizliklar ortida tashqi kuchlar turibdi. Bu haqda Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili – Ombudsman Feruza Eshmatova maʼlum qildi.
“Nukus markaziy bozoridagi sotuvchilar namoyishlar mahalliy aholi tomonidan tashkil qilinmagani, mamlakat tinch hayotini Buzishdan manfaatdor kuchlar tomonidan chuqurlashtirilganini maʼlum qildi”, – degan u.
Maʼlumot o‘rnida: 1-2 iyul kunlari Qoraqalpog‘istonda ommaviy tartibsizliklar sodir bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham hodisalar tashqi kuchlar tomonidan uyushtirilganini taʼkidlagan. Tartibsizliklar oqibatida 2 iyul kuni Respublikada favqulodda holat joriy etildi. U 21 iyul kuni muddatidan oldin tugatilgan.







