Blinken Lavrov bilan muzokara o‘tkazadi
Bu AQSH va Rossiya bosh diplomatlarining 24-fevraldan buyon ilk muloqoti.

Entoni Blinken yaqin kunlarda Sergey Lavrov bilan uchrashadi. Bu haqda TASS xabar berdi.
U Rossiya tashqi ishlar vaziri bilan g‘alla kelishuvi, shuningdek, Rossiyada hibsga olingan AQSH fuqarolarini ozod qilishni muhokama qiladi. Gap Pol Uilan va basketbolchi Brittni Grayner haqida ketmoqda. Ular Amerikada jazoni o‘tayotgan rossiyalik Viktor Butga almashinishi mumkin. CNN xabariga ko‘ra, Bayden bu rejani maʼqullagan.
Blinken Ukraina masalasi ko‘rib chiqilmasligini taʼkidlagan.
Rossiya va AQSH bosh diplomatlari so‘nggi bor fevralda muloqot o‘tkazgandi. Ukraina mojarosi boshlangach, bu jarayon to‘xtab qoldi.







