O'zbekiston

X. Sulaymonova nomidagi sud ekspertiza markazi faoliyati noqonuniymi?

Deputat markazning oʻz vakolatidan chetga chiqib, ish yuritayotganini aytmoqda.

X. Sulaymonova nomidagi sud ekspertiza markazi faoliyati noqonuniymi?

 

Adliya vazirligiga qarashli X. Sulaymonova nomidagi sud ekspertiza markazi vakolatidan chetga chiqib, baholash faoliyati bilan shugʻullanib kelayotgani aytilmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev telegram kanalida xabar qilindi. 

 

Deputatning yozishicha, sud ekspertiza markazining baholash faoliyatini amalga oshirishi qonun bilan taqiqlangan. Konstitutsiya, qonun yoki Oliy Majlis palatalarining qarorida ushbu markazga baholashni amalga oshirish huquqi berilmagan.

 

Shunga qaramay, ayrim fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar, hokimlik va boshqa idoralar tomonidan fuqarolarning koʻchmas mulklarini Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi sud ekspertiza markazi baholashi boʻyicha qarorlar qabul qilmoqda. Bu esa fuqarolarda norozilik tugʻdiryapti.

 

“Eng qizigʻi, baholash vakolati yoʻq ekanligini biladigan ushbu markaz ham uni rad etish oʻrniga vakolatidan chetga chiqib, baholash faoliyati bilan shugʻullanib kelmoqda”, — deydi deputat. 

 

“Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunning 4-1-moddasiga koʻra, baholovchi tashkilot baholash faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxs hisoblanadi.

 

Agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining baholovchi tashkilotni tashkil etishi, shuningdek baholash faoliyatini amalga oshirishi taqiqlanadi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

X. Sulaymonova nomidagi sud ekspertiza markazi faoliyati noqonuniymi? | Zamon.uz