Qashqadaryodagi bog‘chada 8 yoshli qiz vafot etdi
Hodisaga bolaning ko‘p qon yo‘qotishi sabab bo‘lgan.

Kecha, 28-iyul kuni Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahridagi bog‘chada qizcha ko‘p qon yo‘qotishi oqibatida vafot etdi. Holat yuzasidan viloyat viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 28-iyul kuni Shahrisabz shahar Maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufidagi 1-Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida mazkur maktabgacha ta’lim tashkilotida qatnamaydigan 2014 yilda tug‘ilgan S. X. singlisi A. X. bilan birgalikda bog‘chaga kelgan.
Tayyorlov guruh tarbiyachisi S. J. S. X. hamda A. X.ning onasini iltimosiga ko‘ra, qonunga zid ravishda S. X. ni singlisi bilan bog‘chada qolishiga ruxsat bergan.
Tushlik paytida opa – singil S.X. va A.X. tashkilot hojatxonasiga chiqishgan. Opasi hojatxona ichkarisiga kirgan paytda singlisi tashqaridan hojatxona eshikni ochib-yopib o‘ynagan. Natijada hojatxona eshigining oynasi sinib, shisha bo‘laklari S. X.ni jiddiy jarohatlagan.
Voqea joyida tashkilot hamshirasi tomonidan tezda birinchi yordam ko‘rsatilgan. Biroqt S. X.ning jarohati chuqurligi sabab, ko‘p qon yo‘qotish natijasida vafot etgan.
Hozirda holat yuzasidan Shahrisabz shahar prokuraturasi o‘rganish olib bormoqda.








