SHHTning boshqa xalqaro tuzilmalardan ustunligi nimada?
Sergey Lavrov javob berdi.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov SHHTning boshqa xalqaro tashkilotlardan ustunligini aytdi.
“SHHTda, masalan, NATO bo‘lgani kabi AQSH yoki boshqa ittifoqchilar qolgan aʼzolarga o‘z yo‘nalishini majburan o‘tkazmaydi. Yoki bizda xuddi Yevroittifoqda kuzatilganidek, gaz sotib olishni to‘xtatish, uning isteʼmolini kamaytirish kabi talablar bo‘lmaydi”, – degan RF bosh diplomati.
Lavrov SHHT tashqi ishlar vazirlari Kengashi uchrashuvi doirasida Toshkentda bo‘lib turibdi.
Avvalroq Lavrov va AQSH davlat kotibi o‘rtasida telefon muloqoti o‘tkazilishi to‘g‘risida xabar berilgandi.







