Si Szinpinning Baydenga aytgan gaplari Moskvaga yoqdi
Kreml Xitoyning Tayvan bo‘yicha pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Kreml AQSH Prezidenti Jo Baydenga orol ishlariga aralashishga yo‘l qo‘yilmasligi haqida aytgan Xitoy yetakchisi Si Szinpinning so‘zlarini va Tayvan bo‘yicha pozisiyasi qo‘llab-quvvatlaydi, dedi Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
“Biz Xitoyning suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qilamiz va dunyoning hech bir davlati buni shubha ostiga qo‘yish yoki biror narsani olishga haqqi yo‘q. Ishonchimiz komilki, xalqaro maydondagi bunday xatti-harakatlar faqat qo‘shimcha keskinlikni keltirib chiqarishi mumkin”, — deydi Peskov.
Uning ta’kidlashicha, bunday qadamlar faqat halokatli bo‘lishi mumkin.
Xitoy va AQSH yetakchilari avvalroq telefon orqali Tayvandagi vaziyatni muhokama qilgan edi. Vashington Tayvan bo‘g‘ozidagi xavfsizlikka putur yetkazish bo‘yicha bir tomonlama qadamlarga qarshi ekanini bildirgan.








