O'zbekiston

Ko‘z yoshlanishi jiddiy kasalliklar alomatimi?

Ko‘z yosh ajralishidagi ayrim buzilishlar gaymorit, rinit, poliplar va shilliq qavat shishlariga sabab bo‘lishi mumkin.

Ko‘z yoshlanishi jiddiy kasalliklar alomatimi?

 

Ba’zi insonlar hech bir sababsiz ochiq havoda ko‘zlari yoshlanishidan shikoyat qiladi. Qolaversa, kuchli shamol, sovuq havo va yorqin quyosh nurlari ta’sirida ham ko‘pchilikda ana shunday holat kuzatiladi. Respublika ko‘z kasalliklari klinik shifoxonasi bosh shifokori Otabek Ikromov ko‘z yoshlanishining sabablari, turlari va davo choralari haqida ma’lumot berdi.

 

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, inson tanasidagi mushaklar orasida eng faoli ko‘z bo‘lib, uning diametiri 2,5 santimetrga yaqin, og‘irligi esa o‘rtacha 8 grammni tashkil etadi. Ko‘z inson tanasidagi eng muhim sezgi a’zolaridan biri hisoblanib, tashqi axborotlarning 70 foizi aynan u orqali qabul qilinadi. 

 

Shu boisdan ko‘zlarning biror kasallikka chalinishi jiddiy muammo va noqulaylikni keltirib chiqarishi mumkin. Misol uchun, qorachiqlar yoshlanishini olaylik. Afsuski, ko‘pchilik insonlar ushbu holatga “o‘tib ketar” qabilida unchalik ham e’tibor qilavermaydi. Oqibatda esa ko‘zda jiddiy asoratlar kelib chiqadi.

 

Ko‘z yoshlanishiga olib keluvchi omillar turlicha bo‘lgani bois, uni davolashda, albatta, okulist-shifokorga murojaat qilish, uning sababini aniqlash hamda mutaxassis tavsiyalariga rioya qilish zarur. O‘zboshimchalik bilan muolajalarni qo‘llash esa keyinchalik tuzatib bo‘lmas muammolarga olib kelishi mumkin.

 

Aslida ko‘z yoshlanishi gipersekretor hamda retension turlarga ajratiladi. Gipersekretor jarayon ko‘z yosh suyuqligining me’yordan ortiq ishlab chiqarilishi bo‘lsa, retension turi ko‘z yosh yo‘llari o‘tkazuvchanligining buzilishi bilan xarakterlanadi.

 

Gipersekretor ko‘z yosh ajralishini keltirib chiqaruvchi omillar bir qancha. Xususan, allergiya, konyuktivit, ko‘z muguz pardasining mexanik yoki kimyoviy zararlanishi, infeksion turdagi kasalliklar asorati, keratit shular jumlasidan. 

 

Bu holatda muolajani boshlashdan avval bezovtalikni keltirib chiqarayotgan kasallik aniqlanib, shundan so‘ng davo choralari birgalikda olib borilishi maqsadga muvofiq. Ana shundagina kutilgan natijaga erishiladi.

 

Retension ko‘rinishi esa ko‘z yosh ajralishidagi ayrim buzilishlar bilan xarakterlanadi. Ushbu holat ko‘z yosh qopchasi yallig‘lanishi, ko‘z yosh kanalining qurib qolishi, burun bo‘shlig‘i kasalliklari – gaymorit, rinit, poliplar va shilliq qavat shishlari sabab kelib chiqishi mumkin.  Bu vaziyatda esa ko‘pincha jarrohlik amaliyoti talab etiladi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Ko‘z yoshlanishi jiddiy kasalliklar alomatimi? | Zamon.uz