Men ham senga prosto va’da beraman–Shavkat Mirziyoyev
Prezident jizzaxlik tadbirkorga investitsiya masalasida yordam berilishini aytdi.

Shavkat Mirziyoyev 29-iyul kuni axborot texnologiyalari sohasi vakillari bilan uchrashib, tadbirkorlarning murojaatini eshitdi.
Unda jizzaxlik tadbirkor loyihalarini boshlashga mablag‘i yetmay turganini bildirgan.
“Infrastrukturasi, ish o‘rni og‘ir hududdan yangi bino xarid qilganmiz. Hozirgi kunda ishga tushirish arafasidamiz. Loyihamni ishga tushirishga sal mablag‘ yetishmay turibdi. Prosto hozir hisobimda investitsiya bo‘lsa, bilib-bilib infrastrukturalarimni yaxshilayman, bu narsada va’da beraman sizga”, — degan tadbirkor.
Davlat rahbari investitsiya vaziri o‘rinbosari bankdagilar bilan u yerga yetib borishi, hamma narsani inobatga olib, 5 kun ichida taklif berishini ma’lum qilgan.
“Men ham senga prosto va’da beraman, odamlar borib, senga prosto yordam beradi”, — deya hazilomuz javob bergan Prezident.








