Nensi Pelosining Osiyoga safari boshlandi
Uning Tayvanga ehtimoliy tashrifi haqidagi xabar Xitoyning salbiy reaksiyasiga sabab bo‘lgan.

AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Osiyoga safari davomida Singapur, Malayziya, Yaponiya va Janubiy Koreyaga tashrif buyurishini aytdi.
CNNning qayd etishicha, bayonotda Tayvan haqida so‘z yuritilmagan. Avvalroq ayrim OAVlar Vakillar palatasi spikeri Tayvanga tashrif buyurishi mumkinligi haqida xabar bergan edi. Bu xabarlar Xitoyda salbiy reaksiyaga sabab bo‘ldi.
Pelosining Tayvanga ehtimoliy tashrifi yuzasidan keskinlik fonida Xitoy rahbari Szinpin payshanba kuni Bayden bilan telefon suhbatida gaplashgan edi. Xitoy rahbariyati Tayvan masalasidagi pozitsiyasi qat’iy ekanligini va AQSH “Yagona Xitoy” tamoyilini hurmat qilishi kerakligini aytgan. Shuningdek, u Baydenni bu borada “olov bilan o‘ynashmaslik” haqida ogohlantirdi.








