Rim papasi iste’foga chiqmoqchi
Papa Fransisk buning sababini aytdi.

Rim papasi Fransisk sog‘lig‘i sababli Rim-katolik cherkovi rahbari lavozimidan ketishini istisno etmayapti. Bu haqda u “Sky News” telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Mening yoshimda salomatligim bilan bog‘liq cheklovlar tufayli cherkovga xizmat qilish juda qiyin. Men chetga chiqish imkoniyati haqida o‘ylashim kerak. Mening iste’foga ketishim mutlaqo normal variant. Bu falokat emas, siz papani o‘zgartirishingiz mumkin”, — degan u.
85 yoshli Frensisk iyul oyi oxirida Kanadaga qilgan safari chog‘ida tizzasidan olgan jarohati tufayli deyarli yura olmadi, ko‘p vaqtini nogironlar aravachasida o‘tkazdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rim papasi Fransisk Moskva va Kiyevga tashrif buyurish istagini bildirgan edi. U tinchlik o‘rnatishda qaysidir ma’noda yordam berishga harakat qilish niyatida.








