Livan va Isroil avgust oxirida chegara kelishuviga erishish mumkin
Tomonlar yirik gaz koni hududiga daʼvo qilmoqda.

Livan va Isroil chegara masalasida avgust oxirida kelishuvga erishishi mumkin. Bu haqda AQSH davlat departamentining global energetika masalalari bo‘yicha katta maslahatchisi Eymos Xokstin maʼlum qildi.
Ikki davlat dengiz hududidagi 856 kvadrat kilometr maydonga daʼvo qilmoqda. U Livanning Kana va Isroilning Karish gaz konlari tutashuvida joylashgan. Ular o‘rtasidagi dengiz chegarasi hamon belgilanmagan.
Xokstin ushbu masala yuzasidan vositachi rolini o‘ynamoqda.
“Ikki tomonning konstruktiv kayfiyati chegara masalasining tezda hal etilishiga umid beradi”, – degan diplomat.
U yakshanba kuni Bayrutda Livan energetika va suv resurslari vaziri v.b. Valid Fayyad bilan muzokara o‘tkazgan. Xokstin o‘zi bilan Isroilning livanliklar taklifiga javob olib kelganini aytgan.
Bundan tashqari, AQSH vakili bugun Livan oliy rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazadi.
Avvalroq AQSH va Isroil Eronga qarshi deklaratsiya imzolagani to‘g‘risida xabar berilgandi.







