Rossiya "dengiz hukmdori"ga aylanish istagida
Mamlakatning yangi dengiz doktrinasi eʼlon qilindi.

31-iyul kuni Rossiyaning yangi Dengiz doktrinasi tasdiqlandi. Vladimir Putin bu bo‘yicha tegishli qaror imzolagan.
Unda bir necha muhim nuqtalar eʼtiborga loyiq. Xususan, Moskva uchun dunyo okeanidagi eng katta tahdid sifatida AQSH yetakchiligi va NATO faolligining oshishi belgilangan.
"Buyuk dengiz davlati sifatida Rossiyaning milliy manfaatlari butun dunyo okeanlari va Kaspiy dengizini qamrab oladi", — deyiladi hujjatda.
Bundan tashqari, Arktika va Shimoliy dengiz yo‘li ustuvor yo‘nalishlardan biri deb eʼlon qilingan. RF harbiy-dengiz floti uchun aviatashuvchilarni ko‘paytirish ham muhim maqsadlardan biri ekanii qayd etilgan.
Avvalroq nemis generali Moskvada cheksiz harbiy imkoniyatlar borligini maʼlum qilgandi.







