Yana bir Afrika davlati BRICS‘ga aʼzo bo‘lish istagida
Bundan oldin Saudiya Arabistoni va Turkiya ham tashkilotga qo‘shilishi maʼlum bo‘lgandi.

Jazoir BRICS‘ga qo‘shilishi mumkin. Bu haqda mamlakat prezidenti Abdulmajid Tabbun maʼlum qildi.
“Jazoirda BRICS‘ga kirish uchun barcha shartlar bor. Biz ushbu alyansga qo‘shilishdan manfaatdormiz”, – degan siyosatchi.
U ushbu tashkilot uning davlatiga “ikki qutbli nizolar”da ishtirok etmaslikka yordam berishini taʼkidlagan.
BRICS Braziliya, Rossiya Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika Respublikasini o‘zida jamlagan xalqaro tashkilot hisoblanadi. unga 2006 yilda asos solingan. BRICS+ formati ham mavjud bo‘lib, unga Jazoir, Argentina, Misr, Indoneziya, Eron, Qozog‘iston, Kambodja, Malayziya, Senegal, Tailand, O‘zbekiston, Fiji va Efiopiya davlatlari kiradi.
Avvalroq saudiya Arabistoni, Turkiya va Misr BRICS‘ga aʼzolik arizasini tayyorlayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.







