Zelenskiy Makron bilan telefonlashdi
Davlat rahbarlari xavfsizlik va oziq-ovqat masalalarini muhokama qilgan.

Vladimir Zelenskiy va Emmanuel Makron mamlakatlar o‘rtasidagi xavfsizlik sohasida hamkorlik, Ukrainani makromoliyaviy qo‘llab-quvvatlash va g‘alla eksportini oshirish masalalarini muhokama qildi.
Zelenskiyning idorasiga ko‘ra, telefon suhbati bir yarim soat davom etgan.
Davlatlar rahbarlari xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni batafsil muhokama qilgan. Ukraina Prezidenti Fransiya tomonidan yangi zamonaviy qurollarni yetkazib berish bo‘yicha qabul qilingan qarorlar, shuningdek, ko‘rsatilgan mudofaa yordamini ta’kidlagan. Shuningdek, suhbatda global oziq-ovqat xavfsizligi mavzusi alohida o‘rin egallagan.








