O'zbekiston

Namanganda bog‘cha bolasi tilini chaynab yuborib, vafot etdi

Holat yuzasidan vazirlik ma’lumot berdi.

Namanganda bog‘cha bolasi tilini chaynab yuborib, vafot etdi

 

Kecha, 1-avgust kuni Namangan viloyatining Chust tumanidagi 64-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 5 yoshli bola tilini chaynab yuborib, vafot etdi. Holat yuzasidan vazirlik mа’lumot berdi. 

 

Dastlabki o‘rganish natijalariga ko‘ra, 2017-yilda tug‘ilgan A. Sh. 1-avgust kuni ertalab MTTga qabul qilingan. Ta’limiy faoliyatga yaxshi qatnashgan. Kun tartibiga muvofiq tushlik qilgan va gigiyena qoidalariga amal qilgach barcha tarbiyalanuvchilar qatori  uxlashga yotgan. 

 

Tarbiyachi uyqudan uyg‘onish vaqti bo‘lganda avval qiz bolalarni, so‘ngra o‘g‘il bolalarni hojatga olib chiqish uchun uyqudan uyg‘otgan. Lekin bola boshini ko‘targan va yana yotib olgan. Qizlarni hojatdan olib kelib  A.Sh.ni uyg‘otgan. Shunda bola tilini chaynab yuborganligini ko‘rgan va zudlik bilan hamshirani oldiga birinchi yordam ko‘rsatish uchun ko‘tarib olib chiqqan. 

 

MTT hamshirasi bolaga birinchi tibbiy yordamni qilib zaruriy muolajalarni amalga oshirgan va tez tibbiy yordamga xabar berilgan. 

 

Tibbiyot xodimlarining harakatlariga qaramay bola vafot etgan. O‘lim haqidagi ma’lumotnomaga asosan, J22 Quyi nafas yo‘llarining aniqlanmagan o‘tkir respirator infeksiyasi; J81 O‘pka shishishi o‘lim sababi etib ko‘rsatilgan.

 

Ushbu holat yuzasidan 2 avgust kuni viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi tezkor guruhi tomonidan dastlabki o‘rganish o‘tkazilgan hamda tegishli ma’lumotlar va hujjatlar to‘plangan. Hozirda holat yuzasidan tergov ishlari amalga oshirilmoqda.

 

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

custom img

25 yilgacha yoki umrbod: bolalarga qarshi jinsiy jinoyatlar uchun jazo kuchaytiriladi

Voyaga yetmaganlarga nisbatan qasddan og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazish hamda ayrim uyatsiz-buzuq harakatlar og‘irlashtiruvchi holat sifatida belgilanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"