O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev YXHT komissarini qabul qildi

Uchrashuvda O‘zbekistonning millatlararo munosabatlar muammosiga bag‘ishlangan davra suhbatida ishtirok etishi yuzasidan kelishuvga erishilgan.

Shavkat Mirziyoyev YXHT komissarini qabul qildi

 

Bugun, 2 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda tashrif bilan bo‘lib turgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YXHT) Milliy ozchiliklar masalalari bo‘yicha Oliy komissari Qayrat Abdurahmonovni qabul qildi.  

 

Uchrashuvda amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari hamda millatlararo totuvlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlash sohasida qo‘shma loyiha va dasturlarni amalga oshirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.


YXHT institutlari bilan ustuvor yo‘nalishlarda – xavfsizlik, iqtisodiyot va ekologiya sohalarida, gumanitar yo‘nalishdagi konstruktiv muloqot va sermahsul hamkorlikning bugungi darajasi mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘rta muddatli istiqbolda qariyb 50 ta tadbirni o‘tkazish nazarda tutilgan “yo‘l xaritasi” birgalikda amalga oshirilmoqda.

 

Oliy komissar O‘zbekistonda bag‘rikenglik va gumanizm madaniyatini rivojlantirish, millatlararo va fuqarolararo anglashuv va totuvlikni ta’minlash, shu asosda yosh avlodni tarbiyalash bo‘yicha olib borilayotgan siyosatga yuksak baho berdi.

 

O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mintaqasida do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va ko‘p qirrali sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, Afg‘onistonning tinch rivojlanishi va iqtisodiy tiklanishiga ko‘maklashish borasidagi tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi.

 

Qator qo‘shma tadbirlar – milliatlararo totuvlik masalalari bo‘yicha mintaqaviy seminar, xalqaro tajriba va YXHT tavsiyalarining taqdimotini o‘tkazish, shuningdek, O‘zbekiston delegasiyasining millatlararo munosabatlar muammosiga  bag‘ishlangan davra suhbatida ishtirok etishi yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

 

Ko‘p tilli ta’lim sohasida, shu jumladan Markaziy Osiyo ta’lim dasturi doirasida loyihalarni amalga oshirish ham ko‘zda tutilgan.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Shavkat Mirziyoyev YXHT komissarini qabul qildi | Zamon.uz