O'zbekiston

“Ular menga yomonlik qilgan sari gullayverdim”

Otasining ismini familiyasi bilan mashhur qilgan xonanda haqida.

“Ular menga yomonlik qilgan sari gullayverdim”

 

Ular glamurga qiziqadi, shov-shuvli hayot kechiradi. Doimo odamlar diqqat markazida bo‘ladi. Yulduzlarning shohona hayotiga havas qiladiganlar ham, hasad qiladiganlar ham topiladi. Ammo yulduzlikning ham to‘lovi bormikan? Ushbu savolga xonanda Malika Ravshanova “Sevimli” telekanalining “Mashhurlar” ko‘rsatuviga bergan intervyusida quyidagicha javob berdi:

 

“To‘lovimi? Bor, albatta. Do‘stman deb yurganlarim do‘st emasligini bildim. Bunga yaxshigina to‘lov ham to‘ladim. Buni butun O‘zbekiston biladi. Buni hech kimdan yashirmayman. Mayli, agar shu to‘lov bilan to‘lanadigan bo‘lsa roziman. Oilamga, farzandimga yaxshi ko‘rgan insonim, sog‘lig‘im yoki biror narsam bilan to‘lamasam bo‘ldi”.

 

“Bu mening onam” qo‘shig‘i. Odamlarning xursandchilik kunlarida  shu tarona yangramasa iloji yo‘qdek go‘yo. Buni Malika Ravshanovaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga qo‘yilayotgan kundalik foto va video suratlardan ham bilish qiyin emas. Tan olish kerak, birgina shu qo‘shiq yulduzlik pog‘onasiga qadam qo‘ygan xonandaning shou-biznesdagi ilk mojarolariga, tortishuvlariga ham sabab bo‘lgan.

 

“Men hali bu qizni sindiraman, yo‘q qilib yuboraman, qo‘shiqlarini tortib olaman, degan odam ham bo‘ldi. Lekin men o‘sha insonga rahmat aytaman. Bilasizmi, nimaga? Ular menga yomonlik qilgan sari gullayverdim. Chunki meni million onalar, farzandlar duo qilishadi. ‘Men onajonimga aytolmagan so‘zlarimni qo‘shiq qilib kuylagansiz, rahmat’, deyishadi. Meni yo‘q qilaman, sindiraman deb niyat qilgan shu insonga katta rahmat deyman”. 

 

Malika Ravshanova bilan sodir bo‘lgan holat go‘yoki ertalab yulduz bo‘lib uyg‘ongan-u kutilmagan olqishlardan shokka tushib qolgan kishini eslatadi. Chunki sevimli bo‘lishga ulgurmay turib nafrat va tuxmatlar ostida qolishini xonandaning o‘zi ham kutmagandi. Chunki ruhiy bosimni yengib ketish hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi. Muxlis ko‘z oldidagi hozirgi Malika bolaligidan bunday holatlarni yengishni o‘rgangan.

 

“O‘ho‘o‘o‘, bolaligimdan boshlangan. Kollej paytida ham bo‘lgan. Sahnalarda doim men o‘rin olardim, finalga boshqalar ketar edi”. 

 

Sizning ko‘z o‘ngingizda yulduz bo‘lib shakllangan Malika Ravshanova aslida Malika Ravshanovna, ya’ni otasining ismi doimo u bilan birga bo‘lishni istagan xonanda familiyasini o‘zgartirganini ko‘pchilik bilmasa kerak. Shu o‘rinda Malika yana bir masalaga aniqlik kiritadi.

 

“Bu dadamning orzulari bo‘lgan ekan. Shermat Yormatovni “Bulbulcha” ansambli bo‘lar edi. Doim televizorda ko‘rardik. Ismimni dadam malikalardek bo‘lib yursin degan niyat bilan qo‘ygan ekanlar. Bolaligimni sog‘inch bilan eslayman. Dadamdan vaqtli ayrilganman. Dadam yigirma yetti yoshda olamdan o‘tganlar. Menga otasizlik juda qiyin bo‘lgan. O‘n besh yoshimgacha dadamni armon qilganman. Hozirgacha yaxshi-yomon kunimda, yonimda bo‘lishlarini, hayotda qoqilgan paytlarimda to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishlarini xohlayman. Afsus...”.

 

Farida Eshonqulova tayyorladi.

 

custom img

Avgust oyida Prezident Xalq qabulxonalariga 76 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi

Eng ko‘p murojaatlar bola nafaqasi, aliment va gaz ballonlari masalalariga oid bo‘lgan.

custom img

Sirdaryoda ikki IIB xodimi jinoyat sodir etib, qamaldi

Ulardan biriga 5 yil 1 oy, ikkinchisiga esa 6 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

custom img

Birinchi qavatdagi xonadonlardan savdo va servis uchun foydalanishga ruxsat berilishi mumkin

Bunda xonadonlarni noturar joy toifasiga o‘tkazish shart bo‘lmaydi.

custom img

Qishloq tumanlarida ehtiyojmandlarni ishga olgan korxonalar uchun ijtimoiy soliq 2 foiz bo‘ladi

Aholi bandligi va daromadini oshirish bo‘yicha ishlar tanqidiy tahlil qilindi.

custom img

Farg‘onada ikki hamshira pichoqlandi, ulardan biri vafot etdi

Gumonlanuvchi qo‘lga olinib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Ertaga O‘zbekistonda navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o'tkaziladi

Tashabbus atmosferaga zararli tashlamalarni kamaytirish va ekologik barqaror muhitni shakllantirishga qaratilgan.

custom img

Ertadan Toshkentdan Andijonga tezyurar elektropoyezd qatnovi boshlanadi

Yangi elektropoyezd amaldagi poyezd tarkibi o‘rniga harakatlanadi.

custom img

Farg‘onada ikki ayolni Moskvaga fohishalik uchun yubormoqchi bo'lgan shaxs ushlandi

U ayollarga aviachiptalarni o‘z hisobidan olib berishini aytib, keyinchalik ularning daromadining yarmini olishni rejalashtirgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"