Mustaqillik bayramida ketma-ket 4 kun dam olinadi
Bu bo‘yicha prezident qarori qabul qilindi.

Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston davlat mustaqilligi o‘ttiz bir yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Unga ko‘ra, Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar 4 kun ketma-ket dam oladi:
2022-yil 1-sentabr — payshanba (ishlanmaydigan bayram kuni);
2022-yil 2-sentabr — juma (qo‘shimcha ishlanmaydigan kun - ish haftasi turidan qatʼi nazar);
2022-yil 3-sentabr — shanba (qo‘shimcha ishlanmaydigan kun - olti kunlik ish haftasi bo‘lgan xodimlar uchun);
2022-yil 4-senyabr — yakshanba (taqvim bo‘yicha dam olish kuni).
Shuningdek, qarorda "Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari dasturi ham tasdiqlandi.







