Ukraina infratuzilmasi qancha zarar ko‘rgan?
Uning tiklanishi uchun 185 milliard dollar kerak.

Ukrainada infratuzilma obyektlariga 108 milliard dollarlik zarar yetkazilgan. Bu haqda Kiyev iqtisodiyot maktabi tadqiqotida so‘z boradi.
Eng katta talafotga turarjoy binolari duch kelgan. So‘nggi maʼlumotlarga ko‘ra, butun mamlakat bo‘ylab 129.9 ming uy vayron bo‘lgan.
Ukraina mudofaa vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra esa, vayrona uylar soni 140 mingni tashkil etadi.
Umuman olganda 24 fevraldan buyon 388 yirik korxona, 43 mingdan ziyod qishloq xo‘jaligi texnikasi, 511 maʼmuriy bino, 18 fuqarolik aerodromi, 764 bolalar bog‘chasi, 634 madaniy ahamiyatga ega binolar, 27 savdo markazi va 28 neft bazasi yo‘q qilingan yoki egallab olingan. Infratuzilmani to‘liq tiklash uchun 185 milliard dollar zarurligini aytilmoqda.
Avvalroq Ukraina oyiga qancha don eksport qilishi mumkinligi ochiqlangandi.







