Amnesty International: Ukraina xalqaro huquqni buzmoqda
Kiyev harbiylar maktab va kasalxonalardan harbiy maqsadlarda foydalangan.

Amnesty International Ukraina harbiylarini fuqarolik obyektlarini xavf ostida qoldirishda aybladi.
Tashkilot maʼlumotlariga ko‘ra, ukrainaliklar maktab, kasalxona va aholi turarjoy mavzelaridan harbiy maqsadlarda foydalanib, xalqaro huquq normalarini buzmoqda. Maxsus tadqiqot mualliflari Donbass, Xarkov va Nikolayev viloyatlarida Kiyev kuchlarining 19 turarjoy binolariga zarba berganini qayd etgan.
Bundan tashqari, Amnesty International vakillari Ukraina janubi-sharqidagi 29 maktabni ko‘zdan kechirgan, ularning 22 tasida qurolli kuchlar shaxsiy tarkibi yoki harbiy texnika joylashtirilgan. Odessada esa zirhli texnika aholi yashaydigan hududda turgan, Baxmutda universitet binosidan harbiy baza sifatida foydalanilgan.
Avvalroq Vladimir Zelenskiy Xitoy rahbari Si Szinpin bilan muzokara o‘tkazmoqchi ekanligini maʼlum qilgandi.







